Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FESTIVAL INSONLAR QALBIDA MEHR-OQIBAT, BAG‘RIKENGLIK VA HAMJIHATLIK TUYG‘ULARINI MUSTAHKAMLASHGA XIZMAT QILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FESTIVAL INSONLAR QALBIDA MEHR-OQIBAT, BAG‘RIKENGLIK VA HAMJIHATLIK TUYG‘ULARINI MUSTAHKAMLASHGA XIZMAT QILMOQDA

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar va badiiy jamoalar Samarqandga tashrif buyurdi.

Ular Samarqandda istiqlol yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlar, qayta tiklangan va yanada chiroy ochgan me’moriy yodgorliklar bilan tanishmoqda. O‘zA muxbiri mehmonlar bilan suhbatlashdi.

Xilde Fratur, ijrochi (Belgiya):

– San’at olamida dong taratgan mashhur “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish sharafiga erishganimizdan quvonchimiz cheksiz. Ushbu festival va uning ochilishiga bag‘ishlangan tantanalarni internet va oynai jahon orqali tomosha qilib, anjumanning nufuzi va jozibasidan hayratlangandim. O‘shanda Registon maydonida o‘tkaziladigan mazkur festivalda qatnashish orzusi paydo bo‘lgan edi. Orzuim ushalganidan juda xursandman. Mazkur festivalda “Trio Hop” guruhi bilan birgalikda Belgiya tarixi, madaniyati, urf-odatlari, odamlari, tabiati va iqlimi to‘g‘risida qo‘shiqlar kuylashni niyat qilganmiz.

Samarqandni bamisoli ertaklardagi shahar, deyishadi. Shaharni kezish asnosida bunga to‘la amin bo‘ldim. Ko‘hna madrasa-yu maqbaralar, tarixiy yodgorliklar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yurtingizdagi tinchlik va osoyishtalik, o‘zbekona mehmonnavozlik, lutfu marhamatni ko‘rib, havasimiz ortdi.

Festival doirasida turli mamlakatlarning madaniyati va san’ati bilan tanishish, turfa xalqlarning navo va raqslaridan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratilgani ham bizni juda quvontirmoqda.

Xanta Ramparani, ishtirokchi (Madagaskar):

– Azal-azaldan san’at kishilarni ezgulikka chorlab, xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlab kelgan. Odamlar ohang, musiqa, tarona yordamida bir-birlarining dil izhorini tushunadi, qalblarga yo‘l topadi, ko‘ngillar tutashadi. Shu jihatdan O‘zbekiston “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazib, g‘oyat xayrli ishga qo‘l urgan. Bu o‘zbek xalqining san’atga oshuftaligi, unga bo‘lgan cheksiz muhabbatidan darak beradi.

Biz o‘nlab millat va elat vakillari orasida qadimiy va navqiron Samarqand zaminida Madagaskar musiqa san’ati namunalarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etmoqdamiz. Bu biz uchun katta sharaf.

Persi Yip Tong, musiqiy direktor (Mavrikiy):

– Turli qit’alarda o‘tkazilgan ko‘plab musiqa festivallarida qatnashganmiz. Biroq mazkur san’at anjumani g‘oyat yuksak saviyada tashkil etilgani, ishtirokchilarining ko‘pligi va ular uchun yaratilgan qulay sharoit bilan alohida ajralib turadi.

Samarqandni yer yuzining sayqali, afsonaviy shahar deganlaricha bor ekan. Bu zaminning dovrug‘i butun olamga shu qadar ko‘p tarqalganki, uni ko‘rish ishtiyoqida bo‘lganlar safi cheksizdir. Men ham shunday orzuda edim. Orzuim amalga oshganidan juda baxtiyorman. Samarqanddagi betakror tarixiy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar, keng ko‘lamli qurilish va obodonchilik ishlari hayratlanarli. Shahar ko‘chalarini kezar ekanmiz, tarix va bugunning o‘zaro uyg‘un manzaralariga guvoh bo‘ldik. O‘zbek xalqining ajdodlar merosi, milliy qadriyatlar, an’analarga sodiqligi tahsinga sazovor. Odamlar chehrasidagi quvonch, faxr va iftixor, xotirjamlik yurtingizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va farovonlik ifodasidir.

Eliasse Ben Joma, “Elisouma” guruhi a’zosi (Komor orollari):

– Bu olamda millat va elatlar ko‘p. Ularning san’ati, madaniyati va urf-odatlari ham turlicha. Biroq o‘zbek kuy-qo‘shiqlarining jahon musiqa san’atida alohida o‘rni bor. Milliy cholg‘u asboblaringiz – dutor, rubob, doira, nay, karnay va surnayda maromiga yetkazib chalinadigan kuylar har bir insonning qalbidan chuqur joy olishi shubhasiz.

Biz “Sharq taronalari” festivaliga puxta tayyorgarlik ko‘rib, maxsus dastur tayyorlab keldik. Registondek sehrli va muazzam maydonda kuy-qo‘shiq ijro etish va tinglash kishiga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishlar ekan. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan mazkur san’at bayrami odamlar o‘rtasida do‘stlikni, o‘zaro hamkorlikni, qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi ezgu hislarni uyg‘otishga xizmat qilmoqda.

Ana shunday ajoyib musiqa anjumani tashabbuskori bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga, festival tashkilotchilariga chuqur minnatdorlik izhor etamiz.

O‘zA