“FESTIVALNING REGISTON MAYDONIDA O’TKAZILISHI NATIJASIDA UZOQ TARIX HOZIRGI HAYOT BILAN BOG’LANISHINI QALBAN HIS ETDIK”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shunday fikrni “Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivali doirasida O’zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik san’atkorlar va tadbir mehmonlari “Jahon” Axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda bildirdi.
“Hilde Frateur et Trio HoP” guruhi ( Belgiya):
— Festivalda chiqishimiz tomoshabinlar tomonidan iliq tabassum va olqishlar bilan kutib olingani bizga katta dalda berib turdi.
Ushbu go’zallik va san’at bayramida 60 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashishi mazkur tadbirning juda katta nufuzga egaligini ko’rsatib turibdi. Festivalning Samarqandda o’tkazilishi xam bejiz emas ekan. Shaharning qadimiy me’morchilik yodgorliklari, ko’klamzorligi, dam olish maskanlaridagi gulzorlari va favvoralari kishini o’ziga rom etadi. Ayniqsa, shaharda festivalga atab yaratilgan dekoratsiyalarning jozibadorligi bizni hayratda qoldirdi. Tadbirning ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning samimiy nutqi, qutlovlari barchani to’lqinlantirib yubordi. Davlatingiz rahbari tabrigidan keyin yangragan o’zbek san’atkorlari konsert dasturini miriqib tomosha qildik, katta rohat olib tingladik.
Biz juda ko’p festivallarda ishtirok etgan bo’lsak-da, dunyoning turli xil mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilarning bunday sonini, yuksak saviyada yaratilgan bunaqa sahnani ko’rmaganmiz. Tanlovning aynan Registon maydonida o’tkazilishi ham bejiz emas, negaki uzoq tarix hozirgi hayot bilan chambarchas bog’lanib turishi mumkinligini qalban his etdik.
«Jaxon» AA, Samarqand