FIDEL KASTRO VAFOTI MUNOSABATI BILAN HAMDARDLIK BILDIRILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Raul Modesto Kastro Rusga mamlakatni bir necha o‘n yil davomida boshqargan atoqli siyosat va davlat arbobi Fidel Alexandro Kastro Rusning vafoti munosabati bilan Kuba rahbariyati va butun xalqiga samimiy dalda va ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.
Kuba yo‘lboshchisi o‘z Vatanining haqiqiy va sodiq vatanparvari sifatida, bugungi Kubaning asoschi-otasi sifatida tan olingan, Kuba davlatchiligiga mustahkam poydevor o‘rnatgan, mamlakat mustaqilligi va suvernitetini himoya qilishda mardlik va qat’iylikni namoyon qilgan, deyiladi maktubda. Kuba xalqining mustahkam irodasi va ozodlikka intilishi, o‘z taraqqiyot yo‘lini saqlab qolishdagi qat’iy jasorati, hech mubolag‘asiz, ushbu tarixiy shaxs nomi bilan chambarchas bog‘liqliqdir.
Fidel Kastro har doim O‘zbekiston va Kuba o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlik va o‘zaro hurmat tarafdori bo‘lgan, deydi davlatimiz rahbari. Kuba yo‘lboshchisining O‘zbekistonga tashrifini, respublika bo‘ylab safari va unutilmas do‘stona uchrashuvlarini o‘zbekistonliklar yaxshi eslashadi.
“Biz erksevar Kuba xalqining dard va qayg‘usiga sherikmiz”, - deb yozilgan O‘zbekiston rahbarining maktubida.