FINLYANDIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Finlyandiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Xelsinki shahrida) Niklas Lindkvist bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, shuningdek mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, ikki mamlakat parlamentlari, davlat tuzilmalari, biznes doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilish doirasida, 5-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida jahonning 33 mamlakatining, shu jumladan Finlyandiyaning, 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari, iqtisodiy va moliyaviy birlashmalari vakillari ishtirok etgan Xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli yakunlari haqida Finlyandiya tomoni xabardor qilindi.
TIVdagi uchrashuvda O‘zbekiston va Finlyandiya sog‘liqni saqlash muassasalari, ilmiy va ta’lim tashkilotlari hamkorligi yuzasidan takliflar ham ko‘rib chiqildi.