Fransiya – Koreya kompaniyalari biznes missiyasi Oʻzbekistonda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Fransiya va Koreyaning biznes doira vakillaridan iborat delegatsiyasi tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida 1 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida biznes missiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida biznes aloqalarni rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, logistika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft-gaz, energetika tarmoqlarida qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, shuningdek, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning joriy yil aprel oyida mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida qator kelishuvlarga erishilgan edi. Mazkur kelishuvlar Oʻzbekiston – Fransiya va Oʻzbekiston – Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadlarini ham koʻzda tutadi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov Oʻzbekiston tomoni Fransiya va Koreya ishbilarmonlari bilan oʻzaro manfaatli sohalar boʻyicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Bugungi kunda Fransiya va Janubiy Koreya Oʻzbekistonning savdo, sanoat, investitsiya va texnik hamkorlik boʻyicha muhim sheriklaridan sanaladi. 2018 yilda ikki mamlakat kapitali ishtirokida koʻplab qoʻshma loyihalar amalga oshirildi, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Fransiyaning Koreyadagi “Thales Korea”, “DPJ Architect”, “Veolia Korea”, “Hanwha Total Petrochemicals”, “Zueling Pharma”, “Naos Korea”, “Nexans Korea”, “Cs Hospitality” kabi yirik kompaniyalari vakillari biznes aloqalarni kengaytirishda Oʻzbekiston qulay manzil ekanini qayd etdi.
– Oʻzbekiston Fransiyaning, shu bilan birga, Janubiy Koreyaning ham ishonchli savdo-iqtisodiy sheriklaridan, – dedi Fransiyaning Koreyadagi tashqi savdo boʻyicha maslahatchilari assotsiatsiyasi prezidenti, “Thales Korea” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Patrik Defranu. – Bu kabi hamkorlik aloqalarining rivojlanishidan Fransiyaning Koreya hududida faoliyat yurituvchi biznes doira vakillari ham manfaatdor. Tashrif doirasida ikki va uch tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston bozorini yaqindan oʻrganishni maqsad qilganmiz.
Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha yangi rejalarni belgilashga kelishib oldi.
OʻzA