FRANSIYA MILLIY ASSAMBLEYASI DEPUTATLARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov “Fransiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik Guruhi raisi, deputat Filip Myonye boshchiligidagi Fransiya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Parlament vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari deputatlari bilan hamda Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya muloqotining hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni qonuniy qo‘llab-quvvatlashning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Fransiya Elchisi Jak-Anri Els ishtirok etdi.