Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FRANSIYA TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FRANSIYA TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV

2017-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi.

2017-yilning 29-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralarning davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, 2017-2018-yillar uchun imzolangan vazirliklararo Hamkorlik dasturi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlashga imkon yaratadi.

Suhbat davomida vazirlar tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, iyun oyining boshiga mo‘ljallangan “MEDEF Interneshnl” fransuz korxonalari harakati yetakchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekistonga tashrifi muvaffaqiyatli yakun topishidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Fransiya Elchisi Violen Biyet de Vilmor ishtirok etdi.

www.mfa.uz