Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FRANSIYA VAKILLARI O’ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK YILLARIDA ERISHGAN MUVAFFAQIYATLARI HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FRANSIYA VAKILLARI O'ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK YILLARIDA ERISHGAN MUVAFFAQIYATLARI HAQIDA

Bugungi kunda mamlakatimiz ko’pgina sohalarda qo’lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari va “o’zbek modeli” fenomeni xalqaro axborot makonida keng yoritiladigan mavzulardan biriga aylangan.

Ular xorijiy ellar jamoatchiligi vakillari va ekspert doiralarining ham e’tiboridan chetda qolayotgani yo’q. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi haqida bildirilgan fikr-mulohazalar mamlakatimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar ularda katta qiziqish uyg’otganidan dalolat beradi.

Fransiyadagi “Shimol-Janub” agentligining iqtisodiy va madaniy rivojlantirish bo’yicha prezidenti Jilber Salinas:

— O’zbekiston iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlariga, ya’ni tabiiy va aholi resurslari, shuningdek, mamlakat tarixi va madaniyati, jamiyatining o’ziga xosligi hisob olingan holda xalq xo’jaligini tashkil etishning milliy modeli o’zini to’la oqlaganiga, shuningdek, davlat eng to’g’ri yo’lni tanlaganiga nisbatan ishonchning tobora ortib borayotganiga guvoh bo’lib turibmiz.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasi o’laroq, zamonaviy bozor tizimi, sog’lom raqobat muhiti, tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari va qulay sarmoyaviy muhit yuzaga keldi.

Respublikaning ijobiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari ham bu fikrimni tasdiqlaydi. Mehnat faolligini rag’batlantirish va mamlakatda sarmoyadorlarning huquqlarini himoya qilish kafolatlari natijasida bugungi kunda sarmoyalar hajmi 190 milliard AQSh dollariga yetdi. Ularning katta qismi xorijiy sarmoyalardir.

Fransiya va G’arbning boshqa ilg’or davlatlaridagi bir qancha kompaniyalar O’zbekiston bilan mashinasozlik, transport, asbob-uskunalar hamda turli zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish singari sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdordir. Mamlakatingizda buning uchun barcha zarur iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud. Eng muhimi, yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlovchi ulkan salohiyat bor.

Kurash bo’yicha Fransiya milliy qo’mitasi prezidenti, Kurash bo’yicha fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlar assotsiatsiyasi prezidenti Bernar Kabos-Dyuamel:

— O’zbek milliy kurashining keng ommalashishi mustaqillik yillarida yurtingiz qo’lga kiritgan muhim yutuqlaridan biri bo’ldi. Ushbu jang san’atining xalqaro miqyosda rivojlanishi davlat rahbarining mazkur sport turiga alohida e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi.

Kurashni butun dunyoda ommlashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad xalqlar o’rtasida do’stona aloqalarini yanada mustahkamlash va sog’om turmush tarzini targ’ib qilishdan iboratdir.

Tarixan qisqa davr mobaynida mazkur qadimiy sport turi ko’plab muxlislarga ega bo’ldi. Bugungi kunda u Fransiya va boshqa fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda ham keng tarqalmoqda. Fransiyaning turli shaharlarida qator mamlakatlardan kelgan va milliy chempionatlarda qatnashgan yuzlab sportchilar ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Gran-Prisi” nomli kurash bo’yicha uchta xalqaro turnirning o’tkazilishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Kurash o’zbek xalqining samimiyligi va tinchliksevarligini ifoda etuvchi qonun-qoidalari bilan jahon sport maydonlarida barqaror taraqqiy etayotgani nafaqat sportning rivojlanishiga, balki O’zbekistonning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini yanada keng ommalashishiga hamda madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga ko’maklashadi, deb o’ylayman.

“Jahon” AA, Parij