Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FRANSIYADA O’ZBEK RASSOMINING KO’RGAZMASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FRANSIYADA O'ZBEK RASSOMINING KO'RGAZMASI

Ruey-Malmezon shahrida o’zbek miniatyurachi rassomi Davlat Toshev asarlarining ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Tadbir mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan mazkur shahar meriyasi va Buxoro shahar hokimiyati bilan hamkorlikda davlatlarimiz o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Ko’rgazmaning ochilish marosimida Ruey-Malmezon shahri ma’muriyati, mahalliy organlar deputatlari, Fransiyaning ishbilarmon, madaniy va ijtimoiy doiralari, OAV vakillari hamda Buxoro shahri delegatsiyasi qatnashdilar.

Tadbir chog’ida mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sarmoyaviy va iqtisodiy muhitni takomillashtirish, madaniy merosni ommalashtirish borasidagi ishlar O’zbekiston va Fransiya o’rtasidagi aloqalarning yanada samarali rivojlanishiga mustahkam asos yaratishi ta’kidlandi.

Ma’lumki, Buxoro va Ruey-Malmezon shaharlari o’rtasidagi sheriklik aloqalari 1999-yil yanvar oyida o’rnatilgan va hozirgacha faol rivojlanib kelmoqda. Xususan, yo’lga qo’yilgan muntazam delegatsiyalar almashinuvi, o’tkazib kelinayotgan madaniy tadbirlar, amalga oshirilayotgan qo’shma loyihalar xalqlarimiz o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Fransiyaliklar Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va o’zining boy tarixi, madaniyati va o’rta asrlar Sharq me’morchiligining durdonalari bilan mashhur O’zbekistonga katta qiziqish bilan qarashadi. O’tgan yillar davomida Ruey-Malmezon shahrining yuzlab aholisi mamlakatimizda bo’lib, muqaddas Buxoroning diqqatga sazovor maskanlari va mehmondo’st xalqi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Mazkur “XXI asr o’zbek miniatyura san’ati” mavzusidagi ko’rgazma Fransiya jamoatchiligining O’zbekistonga bo’lgan qiziqishini yana bir bor namoyish etdi va mamlakatimizga taklif etishning o’ziga xos ko’rinishi bo’ldi.

Tadbirda “Jahon” axborot agentligi ayrim ishtirokchilarning taassurot va mulohazalari bilan qiziqdi.

Filipp Trotan, Ruey-Malmezon shahri merining xalqaro munosabatlar, sheriklik aloqalari va sayyohlik masalalari bo’yicha o’rinbosari:

— Ruey-Malmezon meriyasi Davlat Toshevning ko’rgazmasi o’tkazilishidan va Buxoro shahri delegatsiyasini kutib olishdan juda mamnun. Ushbu tadbir ikkala shahar va xalqlarimiz o’rtasidagi mustahkam do’stona aloqalarning ramzini ifoda etadi. Biz ko’rgazma va o’zbekistonlik mehmonlarning tashrifi samimiy munosabatlarimizni yanada yaqinlashtiradi, deb hisoblaymiz.

Miniatyurachi rassom D.Toshevning favqulodda iste’dod egasi ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Ko’rgazmaning tashkil etilishi Ruey-Malmezon shahri hamda poytaxt Il-de-Frans mintaqasi aholisi uchun o’zbek miniatyura maktabi vakilining bebaho suratlari, mamlakatingizning boy madaniyati va sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Jan-Klod Rishar, Fransiyaning O’zbekistondagi sobiq elchisi:

— Assalomu alaykum, aziz do’stlar! Bugun betakror Buxoro shahri vakillari bilan uchrashish menga ulkan mamnuniyat bag’ishladi. Ruey-Malmezondagi ko’rgazma D.Toshev mo’yqalamiga mansub O’zbekistonning noyob miniatyura san’atining namunasidir.

Men bundan 18 yil muqaddam ikkala shahar o’rtasida sheriklik aloqalarini o’rnatish masalalarining boshida turish nasib etganidan juda xursandman. Bu jarayonda shahrimizning o’sha paytgani meri Jak Baumelning xizmatlari katta bo’lgan. Buxoro va Ruey-Malmezon O’zbekiston va Fransiyaning birodarlashuv aloqalari o’rnatilgan ilk shaharlari bo’ldi. Ushbu munosabatlar yanada faolroq rivojlanishini va Fransiyaning boshqa shaharlari uchun namuna bo’lib xizmat qilishini istardim.

Bugungi ajoyib ko’rgazma ikki mamlakat aloqalarida foydali va o’zaro manfaatli ahamiyat kasb etadi. Xohlardimki, davlatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik ikkala do’st xalqlar farovonligi yo’lida yanada muvaffaqiyatli rivojlanaversin.

“Jahon” AA, Parij