FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom talablarini amalga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh prokuratura, Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari mas’ul xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va yuridik maslahatchilari ishtirok etdi.
Anjumanda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31-martdagi “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirgani ta’kidlandi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaatlar kelib tushganda ro‘yxatga olish jurnalida tartib raqami, shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxs nomi, manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi kabi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Ro‘yxatga olingan murojaatlar bir ish kunidan kechikmay davlat organi rahbariga, uning o‘rinbosariga yoki tarkibiy bo‘linma rahbariga kiritiladi. Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘zining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay davlat organining rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari imzolagan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi.
– Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni bo‘yicha hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish, hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, – deydi Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish va murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Sharof Galtemirov.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish yoxud bildirilgan fikr va murojaatdagi tanqid uchun ta’qib qilish kabi holatlar qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Seminarda murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mohiyati, jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlari bilan ishlash uchun elektron hujjat aylanish tizimlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini qo‘llash, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
"Jahon" AA