FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI TA’MINLANMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan «Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash sud-huquq islohotlarining asosidir» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshiriligan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Hayotimizning barcha jabhalarini demokratlashtirish hamda erkinlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar negizida, avvalo, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, sud-huquq tizimini liberallashtirish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassamdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim huqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.
Tadbirda mamlakatimizda mustaqillik yillarida sudlar faoliyati takomillashib, shaxs huquqlarini kafolatlashning mustahkam asoslari yaratilgani ta’kidlandi. Konstitutsiyamizda aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi. Bundan tashqari, shaxsni jamiyatdan ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi.
Matbuot anjumanida Oliy sud tomonidan so‘nggi yillarda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Xususan, keng ommaga mo‘ljallangan huquqiy adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib, bepul tarqatilmoqda. Anjuman doirasida Oliy sud tomonidan nashr etilgan «Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi», «Ochiqlik va shaffoflik sudlar faoliyatining muhim tamoyili», «Nikoh shartnomasi oila mustahkamligining garovi» kitoblarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.
O’zA