Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FUQAROLARNING SAYLOV HUQUQLARI KAFOLATLARIGA BAG‘ISHLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FUQAROLARNING SAYLOV HUQUQLARI KAFOLATLARIGA BAG‘ISHLANDI

2016-yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda fuqarolar saylov huquqlari kafolatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi, Oliy sud vakillari, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali o‘qituvchi va talabalari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga javob beradigan, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini kafolatlaydigan milliy saylov tizimi yaratildi. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqi to‘laligicha ta’minlanmoqda. Davra suhbatida fuqarolarning mamlakatimiz Konstitutsiyasi hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan saylov huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhim ahamiyatga ega. Unga muvofiq, fuqarolarning saylov huquqlari davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar fuqarolar teng saylov huquqiga egadir.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egaligiga e’tibor qaratdi. O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega.

Saylovchilar o‘z xohish-irodalarini erkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga ega. Buning uchun uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodani erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadi. Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga uning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kafolatlanadi. Fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning saylash va saylanish huquqlariga to‘sqinlik qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Butun saylov kompaniyasi keng oshkoralik asosida tuziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzishga, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqtiga, nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi, shuningdek, nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy saylov jarayonini yoritish uchun Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan 1210 nafar xorijiy va milliy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Respublika matbuot markazi hamda okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari tomonidan saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 92 ta matbuot anjumani va brifing o‘tkazildi. Saylov kampaniyasi boshlanganidan e’tiboran milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida bugungi kunga qadar 11 mingdan ziyod syujet va reportajlar, shu jumladan, matbuotda 4600 dan ziyod maqola, tele- va radiokanallar orqali 4600 ga yaqin, internet nashrlarida esa 2200 dan ortiq xabar va tahliliy materiallar uzatildi.

Ta’kidlash lozimki, shu yilning oktabr oyida “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga muvofiq saylov huquqiga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining aksariyati (95%) bo‘lajak Prezident saylovida albatta ishtirok etadi. 99,4% respondent saylov kampaniyasi bilan bog‘liq yangiliklarni kuzatib bormoqda. Aholining aksariyati bo‘lajak saylov bo‘yicha xabardorligiga yuqori baho bergan bo‘lsa, so‘ralganlarning 60,6 foizi nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida ma’lumotga egaligi, ovoz berish jarayonidagi huquqlari haqida xabardorligini ma’lum qilgan.

Erkin munozara shaklida o‘tkazilgan davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi