Fuqarolik ishlarini ko’rishning dolzarb masalalari
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizda “Fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko’rishning dolzarb masalalari” mavzusida o’tkazilgan davra suhbatida shular haqida so’z yuritildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, sudyalar, prokurorlar, olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, deya xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazi direktori N.Jo’rayev, Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori A.G’afurov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish borasida barcha zarur shart-sharoit yaratilganini ta’kidladi. Sudlarning vakolatlari kengaytirilishi bilan birga, odil sudlovni amalga oshirishda ularning xolisligi va mustaqilligi kafolatlari mustahkamlanmoqda.
Sud tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilayotgani ishlarni ko’rib chiqish tezligi va samaradorligini oshirayotir. Jumladan, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Fuqarolik ishlari bo’yicha Zangiota tumanlararo sudida joriy etilgan “E-SUD” elektron sudlov tizimi sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. 2014-yilda bu tizim orqali 30 mingga yaqin sud buyrug’i berish to’g’risidagi ariza va 100 ga yaqin da’vo-ariza sudyalar tomonidan ko’rib chiqildi. Ayni paytda ushbu tizimni boshqa sudlar faoliyatiga joriy etish va uning imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.
Sud jarayonida ishlarni malakali va sifatli ko’rib chiqishni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotir. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ta’minlashda kassatsiya, apellyatsiya va nazorat instansiyalari imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.
Davra suhbatida fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda nazorat tartibida ishlarni ko’rishning o’ziga xos jihatlari, bu borada sud amaliyotida vujudga kelayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari, sohaga oid qonunchilikni rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
“Jahon” AA