Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Fuqarolik ishlarini ko‘rishning dolzarb masalalari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Fuqarolik ishlarini ko‘rishning dolzarb masalalari

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklari puxta himoya qilinishini ta’minlovchi mustaqil sud hokimiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlovchi rivojlangan zamonaviy talablarga javob beradigan qonunchilik bazasi yaratildi. Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilgani ularning jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko‘rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini to‘la va har tomonlama himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirdi.

Poytaxtimizda “Fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida shular haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, sudyalar, prokurorlar, olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi direktori N.Jo‘rayev, Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori A.G‘afurov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish borasida barcha zarur shart-sharoit yaratilganini ta’kidladi. Sudlarning vakolatlari kengaytirilishi bilan birga, odil sudlovni amalga oshirishda ularning xolisligi va mustaqilligi kafolatlari mustahkamlanmoqda.

Sud tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilayotgani ishlarni ko‘rib chiqish tezligi va samaradorligini oshirayotir. Jumladan, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudida joriy etilgan “E-SUD” elektron sudlov tizimi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. 2014-yilda bu tizim orqali 30 mingga yaqin sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ariza va 100 ga yaqin da’vo-ariza sudyalar tomonidan ko‘rib chiqildi. Ayni paytda ushbu tizimni boshqa sudlar faoliyatiga joriy etish va uning imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Sud jarayonida ishlarni malakali va sifatli ko‘rib chiqishni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotir. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ta’minlashda kassatsiya, apellatsiya va nazorat instansiyalari imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.

Davra suhbatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda nazorat tartibida ishlarni ko‘rishning o‘ziga xos jihatlari, bu borada sud amaliyotida vujudga kelayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, sohaga oid qonunchilikni rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

www.uza.uz