FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM INSTITUTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda “Ijtimoiy sheriklik: tinchlik, totuvlik, farovonlik va barqaror rivojlanish kafolati” mavzuida seminar-trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qator davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qatnashdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi raisi D.Shoumarov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining turli sohalarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ijtimoiy sherikligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Poytaxtimizda 450 ga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritib, demokratik institutlarni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, tarixiy-madaniy va ma’rifiy qadriyatlarni tiklash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shmoqda. 2015-yilda ularning o‘ttizdan ortig‘i Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grant mablag‘ini oldi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida Toshkent shahri bo‘yicha Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar va ishbilarmonlar jamoat birlashmasi, “Qoziguzar” fuqarolar yig‘ini, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining shahar bo‘limi, “Umid kuchi” ijtimoiy markazi turli yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha g‘oliblari deb topilib, 147 million so‘m miqdoridagi grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Ommaviy axborot vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishini yoritishga oid loyihalar bo‘yicha “Buloqcha” jurnali, “Navro‘z media” radiostansiyasi hamda “O’zbekiston online” veb-sayti davlat grantlari sohibi bo‘ldi.
Tadbirda atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikning o‘rniga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qo‘shimcha davlat grantlarini olish uchun e’lon qilingan tanlovlarning mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.
O’zA