Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FUQAROLIK KODEKSI XALQ MANFAATIGA XIZMAT QILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FUQAROLIK KODEKSI XALQ MANFAATIGA XIZMAT QILMOQDA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan “Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari F.Abduazimov, adliya vazirining o‘rinbosari N.Jo‘rayev, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Ye.Kanyazov va boshqalar mamlakatimizning iqtisodiyoti, xalqimiz farovonligi, intellektual salohiyatining yuksalib borishida Fuqarolik kodeksida belgilangan tamoyillarning hayotga izchil tatbiq etilgani muhim o‘rin tutganini alohida ta’kidladi. U to‘lov, shartnoma munosabatlari, tadbirkorlik tuzilmasining tashkiliy-huquqiy shakllari, kreditlash va investitsiya siyosatida ishonchli mexanizmlarni joriy etish, xususiy va intellektual mulk, shaxsiy huquq va erkinliklarni himoya qilish bo‘yicha muammolarni yechishda eng ta’sirchan va samarali asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Fuqarolik kodeksi tizimli me’yoriy hujjat bo‘lib, ikki qismdan tashkil topgan. Kodeksning birinchi qismida fuqarolik munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik huquqi obyektlari, bitimlar va vakillik tushunchasi, muddatlar va da’vo muddati, majburiyatlar huquqi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, shartnoma kabilar o‘rin olgan. Ikkinchi qismi maxsus qism bo‘lib, unda majburiyatlarning alohida turlari, intellektual mulk, meros huquqi, shuningdek, xalqaro-xususiy huquq normalarining fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qo‘llanilishi kabilar qamrab olingan.

– O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligi zamon talablariga muvofiq izchil takomillashib bormoqda, – deydi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturi direktori Yorg Pudelka. – Aynan Fuqarolik kodeksi xalqaro standartlar talablariga to‘liq mos keladi. O‘tgan yigirma yilda kodeks qanday o‘rin tutganini O‘zbekiston barcha jabhada, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarga erishganidan ham bilsa bo‘ladi.

Davra suhbati fuqarolik huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish, odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolik huquqining ahamiyati, intellektual mulk obyektlari, majburiyat huquqi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalarga bo‘lingan holda davom etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlari sudyalari, prokurorlar, olimlar ishtirok etgan tadbirda ijtimoiy hayotning yangi jabhalari, global investitsiyaviy, kredit va intellektual faoliyat sohalari bo‘yicha fikr almashildi.

O’zA