FUTBOLCHILARIMIZNING ISHONCHLI G‘ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi sakkizinchi turida Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv boshidanoq tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirgan futbolchilarimiz 8-daqiqada hisobni ochdi. Odil Ahmedov oshirgan to‘pni yarim himoyachimiz Aziz Haydarov muvaffaqiyatli yakunladi – 0:1. Terma jamoamiz sardori yuzaga keltirgan yana bir vaziyatdan 31-daqiqada Server Jeparov unumli foydalandi – 0:2. 50-daqiqada Stanislav Andreyev hisobni 0:3 ga yetkazdi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Yaman terma jamoasi futbolchisi Ahmad al-Saroriy hisobni qisqartirishga erishdi – 1:3.
Guruhdagi KXDR va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 2:0 hisobi qayd etildi.
Shu tariqa terma jamoamiz o‘n besh ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoamiz zaxirasida Filippin va Bahrayn terma jamoalariga qarshi o‘yinlar bor. Guruhda birinchi o‘rinda borayotgan KXDR terma jamoasi hisobida bir uchrashuv qoldi.
Futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvni 2016-yil 24-mart kuni Toshkentda Filippin terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.