FUTBOLCHILARIMIZNING ISHONCHLI G‘ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi beshinchi turida Bahrayn terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.
“H” guruhida to‘p surayotgan terma jamoamiz hisobida olti, bahraynliklarda uch ochko bor edi. Shu bois mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonish har ikki terma jamoa uchun ham muhim edi.
To‘liq o‘zbekistonlik futbolchilar ustunligida o‘tgan o‘yin 4:0 hisobida mamlakatimiz terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Gollarni Igor Sergeyev, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Eldor Shomurodov kiritdi.
Shu tariqa terma jamoamiz to‘qqiz ochko bilan guruhdagi mavqeini mustahkamlab oldi.
"Jahon" AA