FUTBOLCHILARIMIZNING YIRIK G‘ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi to‘rtinchi turida Filippin terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi “N” guruhida uch ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgandi. Filippin terma jamoasi hisobida esa olti ochko bor edi.
O‘yin boshlanishidan hujumga e’tibor qaratgan terma jamoamiz a’zolari birinchi daqiqada hisobni ochdi. Jamoa sardori Odil Ahmedovning uzoqdan yo‘llagan kuchli zarbasini raqib darvozaboni qaytara olmadi. O‘n to‘rtinchi daqiqada Sardor Rashidov filippinliklar darvozasiga to‘p kiritdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda Igor Sergeyev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi – 3:0.
Ikkinchi bo‘limda terma jamoamiz a’zolari yana raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. 65-daqiqada Stanislav Andreyevning burchakdan uzatgan to‘pini Igor Sergeyev boshi bilan filippinliklar darvozasiga joyladi. Ammo oradan uch daqiqa o‘tib, Filippin terma jamoasi a’zolari hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi. O‘yin yakunlanishiga o‘n daqiqa qolganda Sardor Rashidov o‘zining ikkinchi goliga mualliflik qilib, terma jamoamizning yirik – 5:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa terma jamoamiz olti ochko bilan guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Futbolchilarimiz navbatdagi turda 8-oktabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zA