FUTZAL BO’YICHA OSIYO CHEMPIONATIDA O’ZBEKISTON TERMA JAMOASI ERONLIK RAQIBLARIGA MUNOSIB DARAJADA QARSHILIK KO’RSATDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston poytaxtida futzal bo’yicha o’tkazilgan Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Uning natijalari bo’yicha mamlakatimiz terma jamoasi finalda Eron terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan holda (2:1) 2-o’rinni egalladi. Bellashuv juda qizg’in kechdi va O’zbekiston jamoasi eronlik raqiblariga munosib darajada qarshilik ko’rsatdi.
Musobaqadan so’ng bo’lib o’tgan matbuot anjumanida Eron terma jamoasining bosh murabbiyi Moxammed Nazem qayd etganidek, faqat O’zbekiston jamoasi bilan bo’lib o’tgan o’yin o’zlari uchun munosib raqib borligini ko’rsatdi. U aynan mamlakatimiz jamoasi yanada katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritish va Osiyo futzalining yuqori pog’onasiga chiqish imkoniyatiga ega.
O’z navbatida, terma jamoamizning ispaniyalik murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendos bayon etganidek, o’zi g’amxo’rlik qilgan sportchilar ideal o’yinni ko’rsatisha olmadi. Uning fikricha, butun jamoaning natijadan ta’bi xira bo’ldi, biroq kontinental birinchilikda kumush medalni qo’lga kiritish ham yaxshi natijadir.
O’zbekiston jamoasining bosh murabbiyi futzal bo’yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz katta iimkoniyatlarga ega bo’lishi yuzasidan juda ijobiy fikrlarni bildirdi.
Shunday qilib, o’zbek sportchilari Osiyo qit’asining eng kuchli to’rtligidan joy oldi. Endi ular 2016 yil sentyabr-oktyabr oylarida Bogotada (Kolumbiya) bo’lib o’tadigan futzal mundialida ishtirok etishadi.
«Jahon» AA