Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

G‘alaba bog‘ida xalqimiz qahramonligi va matonati aks etadi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
G‘alaba bog‘ida xalqimiz qahramonligi va matonati aks etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib, bu yerda barpo etiladigan G‘alaba bog‘i yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga katta hissa qo‘shgan. Shu bois yurtimizda ushbu tarixiy sananing 75 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Olmazor tumanida G‘alaba bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

– Bu bog‘ xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini namoyon etishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirishi kerak. Bu yerda Ikkinchi jahon urushi muhiti, vatandoshlarimiz qatnashgan janglar haqida ma’lumotlar aks etishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Loyihaga muvofiq, boqqa kirishda ramziy darvoza shaklida G‘alaba arkasi bunyod etiladi. Bog‘da urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan kompozitsion majmualar quriladi. O‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi ochiq osmon ostidagi muzey vazifasini o‘taydi. Shuningdek, muzey, kutubxona, Wi-Fi zona, amfiteatr va kinoteatr tashkil etiladi.

O‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi o‘rnatiladi.

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligiga tarixchilar va jamoatchilik bilan maslahatlashib, G‘alaba bog‘ining konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bog‘ning ma’no-mazmuni, ekspozitsiyasini chuqur o‘ylash kerak. U faqat bayram kunlari emas, yil davomida ishlaydigan bo‘lsin. Bu yerga kelgan yoshlar o‘ziga bilim, ruh olsin, g‘urur-iftixor tuysin, bugungi tinchlikning qadriga yetib, vatanparvar bo‘lib ulg‘aysin, – dedi Prezident.

www.president.uz