Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

G’OLIB JAMOALAR JAHON CHEMPIONATIGA BORADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
G'OLIB JAMOALAR JAHON CHEMPIONATIGA BORADI

Poytaxtimizda mini-futbol bo’yicha Osiyo chempionati boshlandi. Mazkur nufuzli musobaqa O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston futbol federatsiyasi, O’zbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi tomonidan Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun qator davlatlar da’vogarlik qilgan edi. Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O’zbekistonda sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, mamlakatimizning nufuzli sport anjumanlarini o’tkazish borasidagi boy tajribasi hamda zamonaviy sport infratuzilmasi mavjudligini inobatga olib, mazkur chempionatni Toshkent shahrida o’tkazishga qaror qildi.

Chempionatni yuqori saviyada o’tkazish, musobaqa tashkil etiladigan sport majmualarining xalqaro standartlarga mos kelishini ta’minlash bo’yicha izchil ishlar olib borildi. Xususan, mini-futbol uchun mo’ljallangan yangi maxsus qoplama o’rnatildi, kiyim almashtirish xonalari zarur jihozlar bilan ta’minlandi, musobaqa kotibiyati, axborot markazi, tibbiyot xonasi, matbuot anjumanlari uchun maxsus joylar ajratilib, sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar uchun barcha sharoit yaratildi.

“O’zbekiston” sport majmuasida 10 fevral kuni Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizda sportni, jumladan, futbol va mini-futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor o’z samaralarini berayotir. Mazkur sport turlari bo’yicha terma jamoalarimiz qit’a va jahon chempionatlarida munosib ishtirok etmoqda. Yurtimizda yirik musobaqalar muntazam tashkil etilayotir.

O’zbekiston mini-futbol bo’yicha Osiyo chempionatiga uchinchi bor mezbonlik qilmoqda. Qit’a miqyosidagi bellashuvlarda salmoqli yutuqlarni qo’lga kiritgan mamlakatimiz mini-futbol ustalari xalqaro maydonda o’z mavqyei va obro’-e’tiboriga ega. Hamyurtlarimiz 2001 yili Eronda, 2006 yili Yaponiyada va 2010 yili Toshkentda o’tkazilgan qit’a chempionatlarida uch marotaba kumush medalga sazovor bo’lgan. Terma jamoamiz a’zolari 2005 va 2014 yillarda Vyetnamda, 2007 yil Yaponiyada o’tgan Osiyo chempionatlarida shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilgan.

“O’zbekiston” sport majmuasi va Badiiy gimnastika bo’yicha bolalar-o’smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi zallarida o’tadigan Osiyo chempionatida qit’amizning o’n oltita terma jamoasi g’oliblik uchun bahslashmoqda. Musobaqada yuqori natija qayd etgan eng kuchli beshta jamoa Kolumbiyada o’tkaziladigan jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Mamlakatimiz sportchilari Livan, Qirg’iziston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari a’zolari bilan “A” guruhidan joy olgan. Hamyurtlarimiz mazkur nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rdi. Chempionat arafasida tashkil etilgan o’quv-mashg’ulot yig’inlarida qatnashib, Osiyo va Yevropaning qator davlat terma jamoalari bilan o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazdi.

Shu kuni O’zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvi bo’lib o’tdi.

O’yinda har tomonlama ustunligini namoyon etgan futbolchilarimiz raqiblarini 5:2 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Terma jamoamiz a’zolaridan Davron Choriyev ikkita, Jamoliddin Sharipov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov bittadan golga mualliflik qildi.

Jahon AA