G‘OLIBLAR ANIQLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida xalq cholg‘ulari ijrochilarining “Sozlar navosi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iste’dodli yoshlarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Yurtimizda yosh avlodning iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish, ularni milliy va jahon musiqasi, tasviriy san’at asarlaridan bahramand etish yo‘lida amaliy sa’y-harakatlar qilinayotir. Jahon andozalari darajasida ta’mirlanib, foydalanishga topshirilayotgan san’at koshonalari yoshlar orasidan ko‘plab iqtidor egalari kashf etilishiga imkon yaratmoqda.
Tanlov doirasida o‘tkazilgan xalq cholg‘ulari ijrochiligida yoshlar faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman, soha mutaxassislarining saboqlari yosh yigit-qizlar uchun mahorat maktabi vazifasini o‘tadi.
– Bu kabi loyihalar yoshlarni aniq maqsadlar sari intilib yashashga undaydi, – deydi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti Qahramon Nazirov. – Hech bir sozandaga tanlovda ishtirok etish oson bo‘lmadi. Shuningdek, ularni baholash ham murakkab kechdi. Sababi, yoshlar orasida yuksak iste’dod sohiblari juda ko‘p. Zero, O‘zbekiston – iste’dodli yoshlar mamlakati.
Tanlovning yakuniy bosqichida saksondan ziyod yosh sozanda damli, torli, kamonli, zarbli cholg‘u kabi yo‘nalishlarda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 15 dan 20 yoshgacha, 20 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ularga tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
San’at ustalari va g‘oliblar ijrosida konsert namoyish qilindi.
O‘zA