Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

G’OLIBLAR ANIQLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
G'OLIBLAR ANIQLANDI

“Turkiston” saroyida Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovining “O’zbeknavo” estrada birlashmasi tizimidagi yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda hududiy bosqichlarda g’olib bo’lgan xonandalar o’z ijod namunalarini tomoshabinlar va hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etdi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, fidoyilik ruhida kamol toptirish masalasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o’tkazilayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovi jonajon O’zbekistonimizni tarannum etuvchi eng sara, badiiy jihatdan mukammal qo’shiqlar yaratishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishda muhim omil bo’lmoqda.

Tanlovning mamlakatimiz bo’ylab o’tkazilgan barcha bosqichlarida uch yuz nafardan ortiq yosh xonanda qatnashdi. Yakuniy bosqichda ular orasidan saralangan o’ttiz besh nafar havaskor va professional ijrochi o’z mahoratini namoyish etdi.

G’oliblar «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika ko’rik-tanlovining mamlakat bosqichida qatnashadi.

"Jahon" AA