G‘oliblar Italiyaga boradi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Namanganda o‘smirlar va kattalar o‘rtasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Namangan, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan 235 sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi, deya xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Musobaqada namanganlik B.To‘xtasinov, N.Abdurahmonov, G. Valijonova, I.Karimov, S.Oxunova, B.Nuriddinov, M.Mirzaboyeva, H.To‘ychiyev, A.Rahmonov, O.Abdullayev, R.Sattorov, Toshkent shahridan T.Nuraliyev, Andijondan M.Mirzayeva, Jizzax viloyatidan M.Hamroqulov, Toshkent viloyatidan Z.Nasriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionat g‘oliblari shu yilning 25-31-may kunlari Italiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
"Jahon" AA