Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

G‘OLIBLAR MAMLAKAT BOSQICHIGA BORADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
G‘OLIBLAR MAMLAKAT BOSQICHIGA BORADI

“Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichida 29 boshlang‘ich tashkiloti 9 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi.

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Andijon viloyati korxona, tashkilot va muassasalarida xotin-qizlar qo‘mitalarining 4 ming 287 boshlang‘ich tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, turmush farovonligini yanada yuksaltirish, tadbirkorlik borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish ishlariga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Yakunda 9 boshlang‘ich tashkiloti g‘olib, deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Mahallamizda xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratiladi, – deydi tanlov g‘olibi, Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek” mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Dona Ibrohimova. – Shu bois barcha yo‘nalishlarda ishlarimiz namunali yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi tanlovda g‘olib bo‘lganimizdan xursandmiz. Ayni paytda bu zimmamizga katta mas’uliyat yuklashini ham yaxshi his qilmoqdamiz.

O‘zA