Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

G’URUR VA IFTIXOR MASKANI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
G'URUR VA IFTIXOR MASKANI

Amir Temur xiyobonidan reportaj

“Ehtiyot bo’ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat “Amir Temur xiyoboni!”

Toshkent metropolitenida shunday bekatlar bor: tasviri, manzarasi, pardozi nomiga uyg’un. Masalan, “Alisher Navoiy” bekatidagi “Xamsa” qahramonlari tasviri, naqshinkor gumbazlar, savlatli ustunlar kishini xayolan ulug’ shoir dunyosiga yetaklaydi, uning ma’naviy kuch-quvvati va jahon badiiy tafakkuriga qo’shgan hissasini yodga soladi.

Yana shunday bekatlar bor: bekat nomini eshitgan yo’lovchi o’zini olis o’tmishga borib qolganday his qiladi va qalbida milliy g’urur jo’sh uradi. “Amir Temur xiyoboni” ana shunday bekatlardan.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Amir Temur bobomiz xotirasini e’zozlash, hayoti va faoliyatini chuqur o’rganish, targ’ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu yil Amir Temur tavalludiga 680 yil to’ladi. Ushbu sana Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga to’g’ri kelganida ham ramziy ma’no bor. Amir Temur ayni shu yoshlarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o’zaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrda qahramonlik ko’rsatgan. Yurtda tinchlik, odamlar hayotida halovat, markazlashgan qudratli davlat barpo etishdek ezgu ishlarni boshlagan.

Sohibqiron bugun xalqimizning g’urur-iftixori, beqiyos qudrati timsoliga aylangan. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Amir Temur - xalqimiz dahosining timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir.

...Poyezd sekinlay boshlaydi. Zum o’tmay atrof yorishadi. Oq, qizg’ish, qora va kulrang tusdagi marmar bilan pardozlangan, ikki chetida ulug’vor ustunlar qad rostlagan bekatga kirib kelasiz.

“Amir Temur xiyoboni” - gavjum bekat. Yo’lovchilar oqimi tinmaydi. Ora-orada dispetcher poyezd kelayotganini ma’lum qiladi. Har kuni bu yerdan minglab yo’lovchilar kundalik yumushlari bilan o’z manziliga oshiqadi. Kimdir ishga, kimdir o’qishga...

Navbatdagi poyezd kelguncha yo’lovchilardan birini suhbatga tortamiz. O’zini Avaz Jamolov deb tanishtirgan yigit Toshkent moliya institutida o’qirkan. Metroda qatnashini aytib, milliy me’morlik va zamonaviy arxitekturaning noyob namunasi bo’lgan ushbu bekat bilan bog’liq fikrlarini bayon qildi:

— Har safar “Amir Temur xiyoboni” bekatiga kelganimda yengilmas qahramon, buyuk sarkarda, ulug’ ma’rifatparvar - Amir Temur bobomizning tabarruk siymosi ko’z o’ngimda namoyon bo’ladi. U kishining muborak ruhlari “avlodlarim nimalar bilan shug’ullanmoqda, qanday ezgu ishlar qilmoqda”, deganday bizni kuzatib, chor-atrofda kezib yurganday tuyuladi. Qulog’imga Amir Temur bobomizning butun insoniyatni aql-idrok, ilmu ma’rifat asosida yashashga da’vat etgan “Bilagi zo’r birni, bilimi zo’r mingni yiqar”, degan so’zlari chalinadi. Bundan qandaydir katta ruhiy kuch-quvvat topganday bo’laman. Ana shu ruhiy quvvat biz, yoshlarni buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishga undaydi...

Bekatdan chiqib, yer osti yo’lidan borar ekansiz, turli gullar iforidan dilingiz chog’ bo’ladi. Zinalardan ko’tarila boshlasangiz xiyobon markazida savlat to’kib turgan Amir Temur haykali ko’zga tashlanadi. Atrof obod, maysalar yam-yashil. Bu betakror go’zallikka maftun bo’lgan shoirning kechinmalari sizning ham ko’nglingizdan o’tadi:

Bahor. Izoh shartmas albatta.

Biroq yangi sirni payqadim:

Nafas ola boshladi hatto

Bu shaharning hamma haykali.

Qarshingizda viqor bilan otda o’tirgan buyuk sarkarda namoyon bo’ladi. U o’zining jangovar libosida. Lekin qilichi qinida. Chap qo’lida ot jilovini mahkam tutgan. O’ng qo’lini baland ko’tarib olam ahlini ahillikka, adolatga chorlamoqda. Nigohidagi qat’iyatda uning odilligi, donishmandligi, mardligi va matonati namoyon. Haykal tagkursisida Sohibqiron siyosatining asosi bo’lgan “Kuch - adolatdadir” shiori zarhal harflar bilan to’rt tilda yozib qo’yilgan. Buyuk bobokalonimizning bu bebaho hikmati xiyobonga kelgan har bir inson qalbida aks-sado bermoqda, ezgulikka undamoqda.

Sohibqiron haykali tegrasida bir guruh sayyohlar suratga tushayotir. Ularni suhbatga chorladim. O’zini Syu Gui Shi deb tanitgan xitoylik mehmon taassurotlarini so’zlab berdi:

— O’zbekistonga birinchi kelishim. “O’zbekiston” mehmonxonasiga joylashdik. Xonam derazasidan xiyobon yaqqol ko’rinib turadi. Do’stlarim bilan kelishib, Amir Temur o’ng qo’lida ishora qilib turgan manzilga boradigan bo’ldik. Saylgoh ko’chasi bo’ylab yurib Mustaqillik maydonidan chiqib qolibmiz. Amir Temur shu yerga ishora qilgan ekan-da, degan fikr o’tdi xayolimdan. Mehmonxona xizmatchilaridan biriga shu haqda aytdim. U haykalning ramziy ma’nosini gapirib berdi. Keyin Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordik. Amir Temur va temuriylar davriga oid noyob eksponatlar bilan tanishdik. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur singari ko’plab ajdodlaringiz haqida Xitoyning Beyshi va boshqa solnomalarida ham atroflicha ma’lumotlar berilgan. Hozir shu maydonda turibmanu, o’qiganlarim ko’z o’ngimdan birma-bir o’tmoqda. Shunday buyuk zotlarning vorislariga astoydil havasim keldi.

Amir Temur bobomizning bir da’vatini esladim: “Agar kuch-qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing”. Naqadar teran, ma’noli fikr. Shunday emasmi?! Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari zamirida Sohibqironning ana shu da’vati mujassam, ajdodlar yaratuvchanligi avlodlar ishida davom etayotir, desak xato bo’lmaydi.

Bultur Samarqand shahrini ziyorat qilib, Amir Temur va temuriylar fozil, bunyodkor bo’lganidan g’ururlandim. Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome’ masjidi, Mirzo Ulug’bek, Sherdor, Tillakori madrasalari... Xullas, barcha qadamjolar ko’ngilga allanechuk xotirjamlik va cheksiz iftixor bag’ishlaydi. Obidalarning asrlar osha o’z ko’rki va salobatini saqlab kelayotganini xalqimiz matonati va sobitligiga mengzash mumkin. Shunday lahzalarda shonli o’tmishimiz, buyuk ajdodlarimiz, bugungi obod hayotimizdan mamnunlik kayfiyati chulg’aydi kishini...

Xiyobonga kelayotgan yurtdoshlarimizda ham shunday hislar kechayotganini payqash qiyin emas. Gulgun chehrasida bugungi tinch, dorilomon kunlardan shukronalik, o’zaro mehr-oqibat, ajdodlari siymosidan g’urur va ularga munosib bo’lishdek mas’uliyat tuyg’ulari balqib turibdi.

Ana, bir guruh bolalar haykal tomon ohista kelmoqda. O’rta yoshlardagi ayol atrofga ishora qilib ularga allanimalarni tushuntirmoqda. O’qituvchi o’quvchilariga “ochiq dars” o’tayotgan bo’lsa kerak. So’zlariga quloq tutdik:

— Bu xiyobon juda ko’p voqyealarga guvoh bo’lgan. Buni keksa avlod vakillari yaxshi biladi, - deydi murabbiya Sohibqiron haykaliga qarab. - Kimlarning haykali qo’yilmagan bu yerga... Lekin ulardan birontasining bu maydonga, umuman, yurtimizga zig’ircha dahli bo’lmagan... Hay, mayli, ular, shukrki, endi o’tmish... Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin Prezidentimiz tashabbusi bilan xiyobonning asl egasi “qaytib keldi”. Yigirma uch yil avval biz hozir ko’rib turganimiz millatimiz iftixori, mustaqillik va ozodlik timsoli - Amir Temurning ulug’vor haykali qad rostladi.

Mustaqillik yillarida xiyobonda keng ko’lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Eski daraxtlar o’rniga tabiiy iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt va gullar ekildi. Ko’rkam favvora va yo’lakchalar qurildi. Bugun xiyobon zamonaviy qiyofada. Bu fayzli va muazzam maydon yurtdoshlarimiz va poytaxtimiz mehmonlarining sevimli maskaniga aylangan.

Davlatimiz rahbari Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go’zal poytaxtimiz - jonajon Toshkentimiz o’rtasida qad ko’targan ulug’ bobomiz siymosi xalqimizga faxr va g’urur baxsh etmog’i muqarrar! Bu siymo mard, tanti, halol va g’ayratli xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo’lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag’ishlaydi”, deb ta’kidladi iftixor bilan.

— Auditoriyamiz oynasidan buyuk bobokolonimizning o’ktam siymosi yaqqol ko’rinib turadi, - deydi Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Islomjon Haydarov. - O’tgan yili kursdoshlarimiz bilan mamlakatimiz bo’ylab sayohatga chiqdik. Taassurotlar bir olam. Mamlakatimizda Amir Temur bobomizning uch muazzam haykali qad rostlagan. Ular - bir-birini takrorlamaydi. Sohibqiron Shahrisabzda tik, Samarqandda o’z taxtida o’tirgan holda va poytaxtimizda ot ustida tasvirlangan. Ular mantiqan bir-birini to’ldiradi. Bilasiz, Amir Temur Shahrisabzda tug’ilib voyaga yetgan. Buyuk maqsadlar sari ilk qadamini shu zaminda qo’ygan. Samarqand - Amir Temur asos solgan qudratli davlatning markazi. Shu yerdan turib yurtni idora qilgan. Toshkent shahrida Sohibqiron jangovar kiyimda, go’yo zafarli yurishdan qaytayotgandek tasvirlangan. Chap qo’li ot jilovini tutgan. O’ng qo’li uni kutib olayotgan odamlarga ko’tarilgan va mamlakatda tinchlik-osoyishtalik mudom hukm surishini ma’lum qilmoqda. Ulug’ bobomizning viqorli salobati va baland ko’tarilgan qo’li, ochiq chehrasi farovonlik va taraqqiyot ramzidir.

Serfayz xiyobondagi o’rindiqlardan biriga o’tirib, atrofga boqaman. Amir Temur haykalini ko’rish uchun kelayotganlar qadami uzilmaydi. Nabiralarini yetaklagan otaxonu onaxonlar, qo’l ushlashgan bolakaylar, kitob mutolaasiga sho’ng’igan talabalar, ulug’vor haykal poyida suratga tushayotgan xorijlik sayyohlar... Ularning hayrat va havas balqigan nigohlari dilni iftixorga chulg’aydi. Jahon tarixida o’chmas iz qoldirgan, xalqimiz qudrati timsoliga aylangan shunday buyuk bobokalonimiz borligidan behad g’ururlandim.

WWW.UZA.UZ