GANDBOLCHILARIMIZNING MUVAFFAQIYATI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va qizlar terma jamoasi Singapurda o‘tkazilgan Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchilarimiz hal qiluvchi bahsda Yaponiya terma jamoasini 30:28 hisobida yengdi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa finalgacha bo‘lgan bahslarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.
O‘zA