Germaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi TIV Davlat vaziri Nils Annenni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi muhim masalalar, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, 2019-yilga rejalashtirilgan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi O‘zbekiston-Germaniya muloqotida yangi sahifa ochishi kutilmoqda. U ikki tomon aloqalariga tizimli va serqirra tus berishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtishi, O‘zbekistonga ilg‘or nemes texnologiyalarini jalb qilish uchun kerakli sharoitlarni yaratishiga imkon yaratadi.
Uchrashuvda ikki davlat hukumatlari, idoralari, parlamentlari o‘rtasidagi bo‘lajak aloqalar, boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Shu o‘rinda ta’kidlanganidek, Toshkent shahrida 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonning mintaqaviy tashabbuslari va Markaziy Osiyoda havfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda Germaniya o‘rni” mavzusidagi davra suhbatida tashqi ishlar davlat vaziri boshchiligidagi Germaniya nufuzli delegatsiyasining ishtirok etishi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan ikki davlat ham manfaatdorligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Muzokaralarda joriy yilning noyabr oyiga belgilangan O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi siyosiy maslahatlashuvlarga tayyorgarlik jarayoni ham ko‘rib chiqildi.