Germaniya Federal hukumatining TIVdagi Rossiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy sherikchilik davlatlari bilan jamiyatlararo hamkorlik bo‘yicha koordinatori bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Federal hukumatining TIVdagi Rossiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy sherikchilik davlatlari bilan jamiyatlararo hamkorlik bo‘yicha koordinatori, Bundestag deputati Dirk Vize bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Germaniya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning hamda zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston – Germaniya hamkorligining ayrim muammolari ham ko‘rib chiqildi.