Germaniya Federal kanslerining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 8-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Federal kanslerining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yan Hekker bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari, O‘zbekiston – Germaniya hamkorligini chuqurlashtirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Umumiy kun tartibini aniq mazmun bilan boyitish, ikki tomonlama munosabatlarga uzoq muddatli tus berish borasida tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.