GERMANIYA MOLIYA VAZIRLIGI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasida Germaniya Moliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlanishi yuzasidan birgalikdagi ishlar, davlat mulki boshqariluvi, korporativ boshqaruv Kodeksini amalga oshirish jarayonlariga ko’maklashish va uni mintaqalarda hamda xalqaro forumlarda taqdim etish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, o’zbek korxonalarining rahbarlari va boshqaruvchi xodimlari uchun Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida korporativ boshqaruv sohasida o’quv kurslarini tashkil etish va ularning malakasini oshirish, xalqaro tajribani hisobga olgan holda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog’liq masalalarda ko’mak ko’rsatish xususida ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari bo’yicha tomonlar yuqorida ko’rsatilgan masalalarning hal etilishi yuzasidan o’zaro doimiy hamkorlik yuzasidan kelishib oldilar.
“Jahon” AA