Germaniya Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining “GFR – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya, avvalo Oliy Majlis va Bundestag o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishni qonuniy jihatdan qo‘llab quvvatlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda ko‘p qirrali muloqotni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradigan O‘zbekiston-Germaniya sammitini 2019-yili muvaffaqiyatli o‘tkazishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda Germaniya Elchisi Gunter Overfeld ishtirok etdi.