GERMANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING MAS’UL VAKILI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul vakili Andreas Peshke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. A.Peshke mamlakatimizga yuqori lavozimga tayinlanganidan so‘ng ilk bor tashrif buyurmoqda.
Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Germaniya parlamentlari, biznes doira vakillari, ilmiy muassasalar va o‘quv maskanlari o‘rtasida muloqotlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari, xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida Germaniya Elchisi Naithart Xyofer-Vissing ham ishtirok etdi.