GERMANIYA TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov bugun davlatimizga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishdi hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim muammolar yuzasidan fikr almashishdi.
Suhbat chog‘ida ayni paytda Germaniya raisligidagi YXHT kun tartibining dolzarb masalalariga, shuningdek O‘zbekiston va Germaniyaning ushbu tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorligining hozirgi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Germaniya Elchisi Naithart Xyofer-Vissing qatnashdi.