GERMANIYADA VATANDOSHLAR BILAN ALOQOLARNI MUSTAHKAMLASH DOIMIY E’TIBORDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning imkoniyatlarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga faol jalb etish doirasida Germaniyaning Dyusseldorf shahrida yashayotgan Buxoro yahudiylari jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
70 nafardan ziyod O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan va hozirgi kunda Germaniya, Isroil va AQSh fuqarolari hisoblanuvchi sobiq fuqarolarimiz bilan uchrashuv chog‘ida ularga yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xorijda yashayotgan vatandoshlarimizni mamlakatimizdagi islohotlarga keng jalb qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi hamda ularga ushbu jarayonlarda ishtirok etish taklif etildi.
Tadbir davomida mehmonlar o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rish va kuy-qo‘shiqlaridan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Dunyo” AA, Frankfurt Mayn