Germaniyalik deputatlar Samarqandda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Germaniya Bundestagining “GFR – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi M.Grund boshchiligidagi delegatsiyasi 30 oktyabr kuni Samarqandda boʻldi.
Mehmonlar Jomboy tumanidagi “JV MAN Auto Uzbekistan” qoʻshma korxonasi tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi.
2009 yilda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Germaniyaning “Man Truck&Bus Group” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan korxonada bugungi kunda ogʻir yuk koʻtaradigan “MAN” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Toʻla vazni 16 tonnadan ortiq boʻlgan ellikdan ziyod yuk avtomobillari va maxsus transport vositalari xorijga ham eksport qilinmoqda.
Germaniya parlament guruhi aʼzolari ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatdi. Korxona rahbarlari va xodimlar bilan muloqotda boʻldi.
Shundan soʻng mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy-meʼmoriy obidalar va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.