GERMANIYANING «BROADCAST SOLUTIONS» KOMPANIYASI MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA AMALIY SEMINAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Germaniyaning «Broadcast Solutions» kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Milliy teleradiokompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, muhandis-texnik xodimlar, teleoperatorlar, rejissyorlar, ovoz rejissyorlari hamda rejissyor assistentlari ishtirokidagi tadbirda O‘zbekiston MTRK tizimidagi texnologik tashkilot va korxonalarda HD formatda televizion ko‘rsatuvlarni tayyorlash va uzatishning kompleks jarayonini ta’minlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Amaliy seminar ishtirokchilari interaktiv rejimda ko‘chma televizion stansiyalarning tasvirga olish va uzatish uskunalarini rivojlanish istiqbollariga tegishli dolzarb muammolar va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha javoblar olishdi.
Germaniyaning «Broadcast Solutions» kompaniyasi video, audiotizimlar va media boshqaruv va sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa tizimlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy o‘zatish infrastrukturalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi bo‘yicha Yevropada yetakchi hisoblanib, kompaniyaning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ko‘chma televizion stansiyalaridan dunyoning ko‘plab teleuzatish tashkilotlarida samarali foydalanilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, amaliy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik-texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risidagi» 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-son qarori ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, O‘zbekiston MTRK tizimida faoliyat olib borayotgan ijodiy va texnik xodimlarning bilim va professional ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishga qaratilgan.
“Jahon” AA