Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

GERMANIYANING «UZBEKISTAN ONLINE» INTERNET PORTALIDA XALQARO BAXSHICHILIK SAN’ATI FESTIVALI HAQIDA MAQOLA CHOP ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
GERMANIYANING «UZBEKISTAN ONLINE» INTERNET PORTALIDA XALQARO BAXSHICHILIK SAN'ATI FESTIVALI HAQIDA MAQOLA CHOP ETILDI

Maqola muallifi – portal bosh muharriri, O‘zbekistonni matbuotda yoritish bo‘yicha faol mutaxassis Gerhard Birkl.

«So‘nggi sakkiz yil mobaynida O‘zbekistonga ko‘p bor keldim, galdagi tashrifimdan maqsad Termiz shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini yoritishdan iborat», deydi muallif.

Muallif maqolasida aeroportdan to mehmonxonagacha borguncha qisqa vaqt mobaynida ko‘rgan ilk taassurotlarini bayon etadi.

«O‘zbekistonga kelishim bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni his etdim, – deydi muallif. – Avvalo, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidagi bunyodkorlik ishlari meni hayratga soldi. Aeroport terminali xalqaro andozalarga mos ravishda zamonaviy aeroport qiyofasini olgan. Keng zalga qadam qo‘ygan zahoti mazkur yangi binoning ulug‘vorligini tuydim. Keng kirish yo‘laklari, ko‘zga yaqqol tashlanadigan belgilar va qisqa yo‘laklar muhtasham kutish zaliga olib chiqadi. Ajoyib me’morchilik san’ati uslubida bunyod etilgan bino menga “Xush kelibsiz mehmon”, deyayotgandek edi nazarimda.

15 ta pasport tekshirish kabinalarida xodimlar butun dunyodan kelayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilarini iliq kutib olmoqda edi.

Ilgarigidek mamlakatga kirishda sargardon bo‘lib deklaratsiya to‘ldirishga to‘g‘ri kelmadi. Bundan tashqari, viza o‘rniga pasportning o‘zini ko‘rsatish kifoya bo‘ldi. Pasport tekshiruvi esa xodimlarning samimiy va do‘stona “Xush kelibsiz” deya qutlovlari bilan tez va oson kechdi.

Pasport tekshiruvi va «Qayerga borayapsiz?» degan savoldan keyin men muhr bosilgan 30 kunlik kirish vizasini oldim. Uzoq kutmasdan qisqa fursatda pasport tekshiruv kabinasini tark etdim.

Yuklarni kutish joyida meni yana bir quvonarli jihat kutardi. Yuklarni olish joyi aniq-ravshan ko‘rsatilgan.

Uzoqdan O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangi logotipi bemalol ko‘rinadi. Terminal o‘rtasida keyingi yo‘nalishingiz haqida do‘stona ma’lumot beruvchi ma’lumotlar byurosi xizmat ko‘rsatmoqda.

Shu yerning o‘zida mamlakatdagi yangiliklar haqida xabar beruvchi ilk suratlarni Germaniyadagi do‘stlarimga yuborish fikri tug‘ildi. Yuborgan xabarimga do‘stlarim o‘sha zahoti «Bunga o‘zimiz ishonch hosil qilishimiz kerak!» qabilidagi hayrat va quvonchga to‘la fikrlarni bildira boshlashdi.

Yuklarim so‘nggi tekshiruvdan o‘tgandan keyin aeroportni tark etdim. Xizmat ko‘rsatuvchi xodim meni do‘stona kutib oldi va «O‘zbekiston» mehmonxonasigacha transportda muammosiz yetib borishim ta’minlandi.

Barchasi yuqori darajada tashkillashtirilgan!

“Shahar bo‘ylab ketayotib yangi o‘rnatilgan turli shakldagi rang-barang chiroqlarga ko‘zingiz tushadi. Qizil chiziqlar bilan bezalgan mamlakat bayrog‘ini aks ettiruvchi yashil, oq, ko‘k ranglar tungi shahar jamoliga ajoyib shukuh baxsh etmoqda.

Toshkent menda katta taassurot qoldirdi va men har lahzada: «Mehmonlar sizni O‘zbekiston kutmoqda!», «Birinchi taassurot bir umr xotirada qoladi!» kabi chorlovni his etdim.

Xulosa o‘rnida aytmoqchimanki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar, mamlakatning dunyoga ochilishi qisqa vaqtda sezilarli natijalarini bermoqda. Mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu O‘zbekiston olib borayotgan islohotlariga jiddiy qarayotganidan dalolatdir.

Mamlakatga kirish tartiblarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi butun dunyodan kelayotgan sayyohlarning Ipak yo‘li yuragida joylashgan mamlakatni ko‘rishga, buyuk madaniyat va mehmondo‘stlik bilan yaqindan tanishishga chorlaydigan taklifnomadir”, – deb yozadi G.Birkl.

WWW.UZA.UZ