GIMNASTIKACHILARIMIZ OLIMPIADA O’YINLARI UCHUN KURASHNI DAVOM ETTIRMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Germaniyaning Shtutgart shahrida badiiy gimnastika bo’yicha o’tkazilgan jahon chempionati bahslarida hamyurtlarimiz 2016-yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o’tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o’yinlarining yo’llanmalari uchun navbatdagi saralash bosqichiga chiqish huquqini qo’lga kiritdilar, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi matbuot xizmati.
Musobaqalarda dunyoning 56 davlatidan jami 230 dan ziyod gimnastikachilar ishtirok etishdi.
114 gimnastikachi ishtirok etgan shaxsiy birinchilik baxslarida uch nafar hamyurtimiz - Yelezavetta Nazarenkova, Anastasiya Serdyukova va Anora Davlatova vatanimiz sharfini himoya qilishdi va umumjamoa hisobida 8-o’rinni egallashdi.
“Jahon” AA