Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“GO’ZAL O’TMISHNI HIS ETIB”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“GO'ZAL O'TMISHNI HIS ETIB”

Bokudagi Ozarboyjon diplomatiya akademiyasida mamlaktimizning sayyohlik imkoniyatlariga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi.

VI Dunyo xalqlari xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan tadbirda Ozarboyjon ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlari qatnashdilar.

Tadbir mehmonlari O’zbekistonning sayyohlik salohiyati, mamlakatimizda mavjud turizm yo’nalishlari, tarixiy diqqatga sazovor maskanlar, o’zbek xalqining milliy an’ana va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Festivalning ayrim ishtirokchilari “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan suhbat chog’ida O’zbekistonning tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqidagi mulohazalarini bayon etdilar.

Ozarboyjon diplomatiya akademiyasi prorektori A.Hojiyev:

— Dunyoning turli davlatlari tarixi va an’analari bilan tanishtiruvchi bugungi kabi tadbirlarni o’tkazish akademiyamiz uchun sharaf. Ayniqsa, bunda bizga qardosh mamlakat - O’zbekiston vakillarining qatnashishi quvonchlidir.

O’zbek zamini dunyoga ko’plab iste’dodli olimlar, shoirlar va mutafakkirlarni yetkazib bergan. Biz hamon buyuk shoir Alisher Navoiyning she’riyatidan ilhomlanamiz, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’rganamiz, Amir Temurning hayoti va faoliyati haqidagi kitoblarni katta qiziqish bilan o’qiymiz.

Xorvatiyaning Ozarboyjondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili R.Shabanovich:

— Bugungi tadbir orqali biz insoniyatga me’moriy san’atning ajoyib namunalarini in’om etgan qadimiy yuksak madaniyatga ega O’zbekistonning boy merosi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldik.

E’tirof etish joizki, O’zbekiston hukumati tomonidan turizm sanoatini rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatingizning ushbu sohadagi salohiyati juda ulkan. O’zbekiston hududidan Buyuk Ipak yo’lining o’tganligi haqidagi birgina dalil ham dunyoning turli mamlakatlaridagi sayyohlarda katta qiziqish uyg’otadi. O’zbek xalqining saqlanib kelinayotgan o’ziga xosligi, an’ana va urf-odatlari, samimiyati, milliy oshxonasining betakror mazasi butun dunyoda mashhur. O’zbekistonda ravnaq va iqtisodiy taraqqiyotning muvaffaqiyatli davom etishini tilayman.

AQShning Ozarboyjondagi elchixonasi attashesi R.Nayler:

— Men O’zbekistonning Samarqand va Buxoro kabi ajoyib shaharlarida bo’lganman. Ushbu go’shalarga borgan odam qadimiy shaharsozlik durdonalaridan hayratlanmay iloji yo’q.

Mamlakatingizda buyuk aql egalari barpo etgan obidalar juda yaxshi saqlangan. O’zbekistonning qariyb barcha katta va kichik shaharlaridagi yodgorliklarda tarix izlarini ko’rish mumkin. Bu tarix ishqibozlari uchun yuz yillar orqaga qaytib, go’zal o’tmish tuyg’usini his etishlari mumkin bo’lgan haqiqatdan ham betakror o’lkadir.

Bugungi O’zbekiston taqdimotidan ishtirokchilar mamlakatingiz haqida juda ko’p ma’lumotlar olishdi. Bu yerda namoyish etilgan ashyolar o’zida o’zbek xalqining an’analarini va milliy rang-barangligini aks ettiradi. Sopol va yog’ochdan yasalgan xalq amaliy san’ati namunalari, turli gazlamalar barcha ishtirokchilarning e’tiborini o’ziga jalb qiladi.

Polshaning Ozarboyjondagi elchixonasi ikkinchi kotibi A.Vitak:

— Menga 2017 yilning yanvar oyida O’zbekistonga borish nasib etdi. Shuning uchun betakror mamlakatingizning go’zalligini faqat eshitib emas, ko’rib ham his etganman. Yurtingizga safarim davomida olgan unutilmas taassurotlarimni ifodalashga so’z ojiz.

Menga O’zbekistonning xalq an’analari, madaniy yodgorliklaridan tortib ajoyib milliy oshxonasigacha, barchasi yoqadi. Ayniqsa, palovning mazasi va tayyorlanish jarayonlariga qoyil qoldim. Toshkentda bo’lganimda ushbu tarixiy taomning barcha turlarini tatib ko’rdim.

Ozarboyjon diplomatiya akademiyasi talabasi G.Mamedova:

— Bizga berilgan bugungi O’zbekistonning go’zal maskanlarida xayolan bo’lish imkoniyatidan juda xursandmiz. Men Markaziy Osiyo davlatlari bilan faqatgina qo’llanmalar orqali tanish edim. Shuning uchun o’zbek milliy liboslarini ko’rib, qardosh xalqning qiziqarli va rang-barang madaniyatidan hayratga tushdim. Xilma-xil matolar, sopol buyumlar, qo’lda ishlangan va o’ymakorlik mahsulotlari menda juda katta taassurot qoldirdi.

Bugungi tadbir menga qadimiy va hamisha navqiron O’zbekistonga borish istagini uyg’otdi. Endi mamlakatingizning milliy rang-barangligini o’z ko’zlarim bilan ko’rish va his etishga oshiqyapman.
***
O’zbekistonning sayyohlik imkoniyatlariga bag’ishlangan taqdimot Ozarboyjon matbuotida keng yoritildi. Xususan, tadbirga bag’ishlar “ITV”, “AzTV”, “Lider”, “ANS” telekanallarida videolavhalar namoyish etildi, “Trend”, “Day.az”, “Vesti.az” va “Repotr.az” axborot agentliklari veb-saytlarida maqolalar e’lon qilindi.

“Jahon” AA, Boku