GRAN-PRI O‘ZBEKISTONLIK SPORTCHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dmitriy Shokin Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda g‘alaba qozondi.
Joriy yilgi sport mavsumida D.Shokin qator nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan, 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolari o‘ynaladigan Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlarda muvaffaqiyat qozondi. Avgust oyida Moskvada o‘tgan turnirda oltin, Turkiyaning Samsun shahri mezbonlik qilgan musobaqada bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan Gran-pri turnirining uchinchi bosqichida ham sportchimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Turnirning eng og‘ir vazn toifasidagi taekvondochilar bahsida qatnashgan Dmitriy hal qiluvchi bahsda kubalik Rafael Kastiloni yengib, oltin medal bilan birga 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun beriladigan 40 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
G‘olib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, davlatimiz madhiyasi yangradi.