GRETSIYADA O’ZBEKISTON SAYYOHLIK SALOHIYATI NAMOYISH QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda mamlakatimizning Afinadagi Bosh konsulligida Gretsiyaning mashxur sayyohlik kompaniyalaridan biri “Memnon Travel” kompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston sayyohlik salohiyati taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda yetakchi sayyohlik kompaniyalari, rasmiy, imliy-akademik va ishbilarmon doira vaikllari hamda Gretsiya OAV ishtirok etdilar
Taqdimot chog’ida mehmonlar O’zbekistonning boy tarixiy-me’moriy merosi, obidalari hamda betaktror tabiati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi o’rta asrlarda islom madaniyati markazlari bo’lgan mazkur shaharlar YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilganligi alohida ta’kidlandi.
Mamlakatimizning go’zal tabiiy manazaralari hamda geografik joylashuvi sayyohlarda hordiq va sayohat uchun keng imkoniyat yaratgani holda mazkur jihatlar sohani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri ekanligi e’tirof etildi.
BMT Xalqaro sayyohlik tashkiloti Ijro kengashining 99-sessiyasi Samarqand shahrida o’tkazilishi ushbu sohada jahon hamjamiyati tomonidan bildirilgan yuksak e’tirof namunasi hisoblanadi.
Shuningdek, tadbir chog’ida mustaqillik yillarida sayyohlik sohasini rivojlantirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, xususan, infratuzilma, mehmonxona boshqaruvi, transport va boshqa shu singari sohalarda ulkan jobiy natijalarga erishilganligi haqida ta’kidlab o’tildi.
“GNTO” Gretsiya milliy sayyohlik tashkiloti vakili A.Mixaylis O’zbekiston yildan-yilga jahonga mashxur bo’lish bilan birga sayyohlik sanoatida munosib o’rin topmoqda.
“Bunda sayyohlik sohasini har tomonlama rivojlantirish bo’yicha ulkan ishlarni amalga oshirayotgan mamlakatingiz hukumatini o’rni beqiyos. “Sharq gavhari” hisoblangan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi afsonaviy shaharlar dunyoning barcha burchaklaridan sayyohlar qiziqishini o’ziga tortmoqda. Yurtingiz tarixiy obidalari, betakror tabiati va mehmondo’st o’zbek xalqi Yevropa sayyohlarini ham maftun qilishiga aminman”, - dedi u.
Taniqli grek yozuvchisi va jurnalisti, “Maroqanda” kitobining muallifi Petros Kasimatis mamlakatimizga tashrif buyurmagan bo’lsa ham, yig’ilganlarni Amir Temur va Mirzo Ulug’bek singari buyuk ajdodlarimiz hamda ularning jahon tamadduniga qo’shgan ulkan hissalari haqida tanishtirdi. Shuningdek, u samimiy va mehmondo’st o’zbek xalqi haqida ishtirokchilarga so’zlab berdi.
O’z navbatida “Memnon Travel” kompaniyasi rahbari Dmitrios Gunaras mamlakatimiz sayyohlar uchun eng jozibali davlatlardan biri ekanligini aytib o’tdi.
– Shubhasiz, O’zbekiston sayohat ixlosmandlari uchun maftunkor mamlakat hisoblanish bilan birga har bir sayyohning eng nozik istaklarini ham ro’yobga chiqara oladi, - dedi D.Gunaras.
“Jahon” AA, Afina