Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

GRETSIYADA O’ZBEKISTONNING BOY MADANIY-TARIXIY MEROSI NAMOYISH ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
GRETSIYADA O'ZBEKISTONNING BOY MADANIY-TARIXIY MEROSI NAMOYISH ETILDI

Afinadagi mashhur galereyalardan biri - S.G. Gallery saroyida o’zbek xalqining boy merosiga bag’ishlangan suratlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Tadbir Marakanda Expedition sayyohlik kompaniyasi tomonidan mamlakatimizning Afinadagi bosh konsulxonasi hamda Gretsiya-O’zbekiston madaniyat va ishbilarmonlik hamkorligi markazi ko’magida tashkil etildi.

Bir hafta davom etgan ko’rgazmada tashrif buyuruvchilar O’zbekistonning qadimiy va o’ziga xos madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga bo’lishdi. Unda 15 nafar gretsiyalik musavvir va haykaltaroshning asarlari hamda xususiy kolleksiyachi arxivida saqlanib kelayotgan amerikalik mo’yqalam sohibi Endi Uorxol tomonidan ishlangan suratlar namoyish etildi.

O’zbekistonning tarixiy shaharlari - Samarqand, Buxoro va Xivaning ko’rinishlari, me’moriy inshootlar, madaniy obidalar va boshqa qadimiy yodgorliklar aks ettirilgan rangtasvir asarlari ko’rgazma mehmonlarida katta qiziqish uyg’otdi.

Suratlar muallifi musavvir Yanis Kadras O’zbekistonda uzoq yillar yashab, mamlakatimizning boy me’moriy va tarixiy merosi, diqqatga sazovor joylari, shuningdek, yurtimizning beqiyos manzaralari va tabiati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lgani haqida to’lqinlanib gapirdi. “O’zbekistonning tarixiy shaharlariga borgan har bir odam o’zbek me’morchiligining o’ziga xosligi va mukammalligidan hayratga tushishi shubhasiz”, deya qayd etdi u.

Ko’rgazma homiysi L.Skurli xonim O’zbekiston o’rta asrlar Sharqining barcha nafisligi va muhtasham me’morchilik san’atining ko’plab namunalari va o’ziga xosligini saqlab qolgani hamda namoyish etayotgani bilan boshqa davlatlarga qaraganda alohida e’tiborni tortishini ta’kidladi.

— Tinchlik va osoyishtalik hukmron bo’lgan va bir vaqtlar Buyuk Ipak yo’li o’tgan ushbu barakatli zaminda juda ko’plab madaniy-tarixiy obidalar saqlanib qolgan. O’zbek xalqining bu boy merosi avaylab asrab saqlanmoqda va avloddan avlodga o’tib kelmoqda, - dedi L.Skurli xonim.

“Jahon” AA, Afina