GRETSIYALIK EKSPERTLAR: “O’ZBEKISTON DEMOKRATIK JAMIYAT QURILISHIDA JIDDIY MUVAFFAQIYATLARGA ERISHDI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda mamlakatimizda bo’lib o’tgan ““Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish:
O’zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusidagi xalqaro davra suhbati” ko’pgina xorjiy mamlakatlar ekspertlarining, jumladan, gretsiyalik mutaxassislarning ham e’tiborini o’ziga jalb etdi.
Masalan, Gretsiya parlamenti deputati Dimitris Kammenos O’zbekistonda siyosiy tizimni tubdan modernizatsiyalash va liberallashtirish amalga oshirilganini qayd etar ekan, bu tizim umum e’tirof etilgan qadriyatlarga rioya qilinishini ta’minlashini ta’kidladi.
— Qonunchilik me’yorlarini takomillashtirish, mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati vakillarining faol ishtirok etishi respublikaning ilg’or davlatlar tajribasiga muvofiq ravishda demokratlashtirish yo’lida jiddiy harakatlanayotganidan dalolat beruvchi ijobiy dalil hisoblanadi, - dedi u. - Shu o’rinda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda o’zbek modelining o’ziga xos ekanligini ta’kidlashni istar edim. U mamlakat rivojlanishining dolzarb masalalari hal etilishida fuqarolarning mustaqil ishtirokini kuchaytirish va hukumat bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilishiga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslari davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini o’z ichiga oladi.
Prezident saylovlarida kuzatuvchi sifatida O’zbekistonga borgan chog’imda O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, “Mahalla” jamg’armasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti singari jamoat tashkilotlari faol ish olib borayotganiga shaxsan guvoh bo’ldim. Bu ko’pgina rivojlangan mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin. Men, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining yetakchilari va faollari doimiy ravishda faoliyat ko’rsatadigan 40 dan ziyod respublika idoralararo komissiyalari va ishchi guruhlarining a’zolari ekanligidan ham xabar topdim. Bu, shubhasiz, O’zbekistonning demokratik jamiyat qurilishida jiddiy muvaffaqiyatlarga erishganidan dalolat beradiki, bunday jamiyatda muhim hayotiy qarorlarning qabul qilinishida aholi faol ishtirok etadi.
“Apostolidis and Partners”, yuridik firmasi rahbari, Gretsiyaning sobiq mudofaa vaziri Lukas Apostolidis fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida O’zbekiston qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarni sharhlar ekan, mamlakatda mustaqillik yillari mobaynida bu sohada yuqori natijalar qo’lga kiritilganini aytdi.
— Davlat rivojlanishining darajasi fuqarolik jamiyati institutlariga bevosita bog’langandir, - dedi u. - Shu bois, demokratlashtirish, qonunchilik va ijro hokimiyatida islohotlar o’tkazish masalalariga respublika hukumati tomonidan qaratilayotgan jiddiy e’tibor xorijiy mamlakatlarning ekspertlarida katta qiziqish uyg’otmoqda.
“Jahon” AA, Afina