Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

GULRUHBEGIMNING KATTA G‘ALABASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
GULRUHBEGIMNING KATTA G‘ALABASI

Hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova yigirma yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bir yo‘la uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, o‘z yosh toifasida qit’ada tengsiz ekanini isbotladi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni, jumladan, shaxmatni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida yosh shaxmatchilarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida iqtidorli shaxmatchimiz, FIDE ustasi G.Tohirjonova klassik yo‘nalishda to‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. U qirg‘izistonlik Diana Omurbekova, Ayjan Alimbay qizi, Elina Samudin, hindistonlik Dharia Parnali, Ji Key Monnisha, Nandidha va eronlik Anusha Mahdiyonni yengdi, hindistonlik yana bir shaxmatchi Maria Furtado Ivana bilan durang o‘ynadi.

Gulruhbegim blits yo‘nalishida to‘qqiz partiyada 8,5 ochko, rapid bahslarida yetti imkoniyatdan olti ochko jamg‘arib, yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qit’a chempionatida yana bir shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U blits va rapid yo‘nalishlarida chempionatning oltin medali bilan taqdirlandi.

O‘zA