“GURVAK — XORAZM QOVUNCHILIGI RAMZI” QOVUN SAYLIGA TAKLIF
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shu yil 8 avgust kuni Xiva tumani “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidagi Ko‘hna Ark maydonida “Gurvak — Xorazm qovunchiligi ramzi” nomi ostida savdo yarmarkasi ochiladi.
Xorazm qovunchiligini keng targ‘ib qilish orqali vohaga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir doirasida poliz mahsulotlari va mevalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Shuningdek, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida “Shirin-qovun” tanlovi ham bo‘lib o‘tadi. Bunda ishtirokchilar bir qancha urug‘lar ichidan gurvak urug‘ini tanlash, qovun ekiladigan yerni saralash, shirin gurvakni aniqlash, qovun kesish mahorati, kesib qo‘yilgan qovunlar bo‘lakchalarini tatib ko‘rish orqali navini aniqlash, qovun qoqi qilish va qish mavsumida qovunlarni saqlash qoidalari borasida mahoratlarini namoyish etadilar.
Tadbirda viloyatning 10ta tumandan 70 dan ortiq fermer xo‘jaliklari o‘zlarining poliz mahsulotlari bilan ishtirok etishadi. Yarmarkada viloyatimizda yetishtiriladigan qovun navlarining 40 ga yaqun turlari namoyish qilinadi. Tadbir doirasida 8 ta yo‘nalishda “Qovunchilik sohasi bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi, 10ta nominatsiyada g‘oliblar aniqlanib tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek yarmarkada mahsulot yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o‘rtasida shartnomalar imzolanadi va yangi 2015 yil hosili uchun buyurtmalar olinadi.
Saylda tumanlardan kelgan folklor etnografik jamoalar va yosh sanatkorlar chiqishlari, “Ogohiy” nomidagi viloyat dramatik teatri va viloyat qo‘g‘irchoq teatri akterlari tomonidan qovun sayliga bag‘ishlab tayyorlangan mahsus teatrlashtirilgan tomoshalari namoyish qilinadi. Tadbirda hunarmandlar tomonidan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etiladi.
Manba: “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati.
“Jahon” AA