HAMKORBANK” ATB OSIYO TARAQQIYOT BANKINING O’ZBEKISTONDAGI YETAKCHI BANK-HAMKORI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil 22-aprel kuni Singapur davlatida Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) savdoni moliyalashtirish loyihasi (TFP) bo’yicha birinchi an’anaviy taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda “Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi yetakchi bank-hamkori” deb tan olindi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
“Hamkorbank” va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligi 2010-yildan boshlangan. Ushbu vaqt davomida hamkorlar tomonidan mikromoliyalashtirishni qo’llab-quvvatlashga, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda savdoni moliyalashtirishga yo’naltirilgan qo’plab loyihalar amalga oshirildi. Ayni paytda “Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankida Osiyo taraqqiyot bankining “Mikro va kichik moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasi doirasidagi turli xalqaro kredit liniyalari mavjud.
“Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, o’z mintaqasida savdo sohasini rivojlantirishda o’z xissasini qo’shgan Osiyoning 12 ta bank-hamkorlari Osiyo taraqqiyot bankining sovg’alari bilan taqdirlandilar.
“Jahon” AA