HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda «O’zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi bilan Yaponiyaning «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi o’rtasida “Samarqand avtomobil zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (“SamAvto” MCHJ) ustav kapitalidagi 8 foiz ulushni sotib olish to’g’risida bitim imzolandi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Mazkur bitim «O’zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi bilan Yaponiyaning «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi o’rtasidagi uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlikning mantiqiy davomi bo’ldi. Shu munosabat bilan o’tkazilgan muzokarada tomonlar Samarqand avtomobil zavodi faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasiga oid kelishuvga erishdi. Bunga asosan modellar turlarini yangilash va kengaytirish, mahalliylashtirish jarayonini faollashtirish, Yaponiyaning ilg’or texnologiyalari va ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish ko’zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatini jadal taraqqiy ettirish, mazkur yo’nalishda milliy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar yuksak samaralar bermoqda. Bugungi kunda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk avtomobillariga, avtobuslarga xorijiy davlatlarda ham talab katta.