Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HAMKORLIK SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HAMKORLIK SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LIDA

Xabar berilganidek, joriy yil 16-17-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Oldinda turgan oliy darajadagi uchrashuv ikki qardosh mamlakatlar yetakchilari o‘rtasida mustahkamlangan intensiv ishonchli muloqotning davomi bo‘ladi.

O‘zbek va qozoq xalqlarining tarixiy-madaniy yaqinligi hamda davlatimiz rahbarining mintaqa mamlakatlari bilan do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini sifat jihatdan yangilash yo‘li O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Bugungi kunda Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart va aprel oylarida Qozog‘istonga buyurgan tashriflari, 2017-yil iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti chog‘idagi ikki mamlakat Prezidentlarining uchrashuvi hamda telefon orqali kechgan ko‘pgina muloqotlari ikki tomonlama hamkorlik so‘zda emas, amalda yangi bosqichga chiqishiga, o‘zaro munosabatlar qamrovini sezilarli darajada kengaytirishga ko‘maklashdiki, o‘zaro aloqalarning shu paytga qadar ishga solinmagan yo‘nalishlari ana shu qamrovdan joy oldi, deb aytsak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Ochilayotgan mislsiz imkoniyatlar va hamkorlikning yangi qirralari uchrashuvlar yakuni bo‘yicha imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyada, shuningdek, ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”da ham o‘z tasdig‘ini topgan.

Shubha yo‘qki, o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar hamkorlikning eng izchil rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib qoldi. Misol tariqasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar almashuvi hajmi 2017-yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga o‘sganini qayd etish mumkin. Joriy yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingani ham bunday ko‘rsatkichga erishishga ko‘maklashdi.

Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan barcha sohalardagi munosabatlarni faollashtirish yo‘li belgilab berilgani tufayli mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari biznes forumi joriy yilning iqtisodiy voqealari jadvalidan joy oldi. Tashkil etilgan mazkur biznes forumda 500 nafardan ziyod o‘zbek va qozoq tadbirkorlari ishtirok etdilar, uning yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi savdo shartnomalari hamda sarmoyaviy bitimlar imzolandi.

2017-yil may oyida Shimkentda namoyish etilgan ikki kunlik O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi navbatdagi samarali tadbirlardan biri bo‘ldi. Unda oziq-ovqat va yengil sanoat, qurilish industriyasi, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, mebelsozlik, kiyim-kechak hamda esdalik sovg‘alari, sport buyumlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqaradigan 230 korxonaning qariyb 900 turdagi mahsulotlari namoyish qilindi.

Qozog‘iston poytaxtida bir necha kun burun o‘z ishini yakunlagan «EKSPO-2017» Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasida O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ishtirok etganini ham qayd qilmaslik mumkin emas. “Kelajak energiyasi” mavzuida o‘tkazilgan ushbu ko‘rgazma tashkilotchilarining ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatimiz milliy paviloni odamlar eng ko‘p tanishgan ko‘rgazma bo‘lmalari o‘nligidan joy oldi.

Xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilayotgan qo‘shma korxonalar ham ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning ajralmas qismini tashkil etadi. Qozog‘istonning avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyasi - AllurGroup bilan birgalikda Qo‘stanayda GM Uzbekistan avtomobillari yig‘ilishi boshlangani ushbu viloyat aholisi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish va rivojlantirishga ham chog‘langan. Bu intilish joriy yil mart oyida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda o‘z ifodasi topdi. Shu yil 3-4-may kunlari Qo‘stanay viloyati hokimi Arximed Muxambetov boshchiligidagi Qozog‘iston biznes delegatsiyasining O‘zbekistonga kelgani mazkur hujjat amaliy jihatdan hayotga tadbiq etilayotganini namoyish qildi. O‘sha oyning o‘zida Jizzax viloyati hokimi yetakchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari delegatsiyasi Jambil viloyatiga bordi, iyun oyida esa Jambil viloyati hokimi Karim Kokrekbaev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasining javob tashrifi tashkil etildi.

Avtomobil va temir yo‘llararo aloqalarning yo‘lga qo‘yilgani ham mintaqalararo munosabatlar mustahkamlanishiga ko‘maklashmoqda. 2017 yilning mart oyida Almati - Toshkent yo‘nalishidagi temir yo‘l qatnovi tiklandi, iyun oyida esa Samarqanddan Ostonaga yangi qatnov yo‘lga qo‘yildi. Iyul oyida Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Selinnыy” va “Malik – Sirdaryo” avtomobil yo‘li (ikki mamlakat o‘rtasidagi M-39 avtomagistrali qismi) o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. Transport kommunikatsiyalari savdo-iqtisodiy hamkorlik bilan birga ikki xalq o‘rtasidagi madaniy rishtalarning mustahkamlanishi va sayyohlikni rivojlantirishga ham ko‘maklashadi.

Shuni ham qayd etish kerakki, joriy yil aprel oyida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhamediuli O‘zbekistonda bo‘lgani chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi o‘rtasida 2017 – 2019 - yillarda sayyohlik sohasidagi qo‘shma chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Aprel oyining o‘sha kunlari Qozog‘iston delegatsiyasi “Dam olish dunyosi – 2017” V xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bugungi kunda “Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva” va “Shimkent-Turkiston-Ostona” yo‘nalishlari bo‘yicha birgalikdagi sayohatlarni tashkil etish mamlakatlarimiz sayyohlik industriyasi vakillarining diqqat markazida turibdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikning mustahkamlanishida O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida istiqomat qiladigan minglab etnik o‘zbek va qozoqlar muhim o‘rin tutishini ham qayd etish joizdir. Ularning madaniyatlari va o‘ziga xosliklarini rivojlantirish maqsadlarida har ikki respublikada milliy madaniy markazlar, teatrlar, folklor va estrada ansambllari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yil 2 – 6 - may kunlari Janubiy Qozog‘iston viloyatining “Do‘stlik karvoni” o‘zbeklar zaminida bo‘lgan chog‘da xalqlarimiz yaqin qo‘shnichilik rishtalariga ega ekanligi yana bir karra o‘z tasdig‘ini topdi. 50 nafar oqsoqoldan iborat "Do‘stlik karvoni" Toshkentdagi qozoq jamiyati arbobi To‘labiy qabrini, so‘ngra Samarqanddagi Amir Temur va Yalangto‘sh Bahodir, Buxorodagi Bahouddin Naqshband maqbaralarini ziyorat qildi. Iyun oyida esa O‘zbekistonning qozoq diasporasi vakillari Ostonada bo‘lib o‘tgan V Butunjahon qozoqlar qurultoyida ishtirok etdilar.

Komil ishonch bilan aytish mumkinki, Qozog‘iston rahbarining davlat tashrifi doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevning oldinda turgan uchrashuv hamda muzokaralari o‘zaro hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish jarayonida birgalikda yuqori marralarni zabt etish uchun mamlakatlarimiz intilishlarining mantiqiy davomi bo‘ladi.

“Jahon” AA